Markaz to‘g‘risida qisqacha ma’lumot

Markaz TDIUning xalqaro o‘quv, ilmiy-innovasion va axborot-kommunikasiya tadqiqotlari bilan shug‘ullanadigan bo‘linmasi hisoblanadi.

Markazning asosiy maqsadi universitetni xalqaro maydondagi nufuzini oshirish, respublika iqtisodiyoti sohasida yetuk kadrlarni tayyorlaydigan va chuqur ilmiy-amaliy tadqiqotlarni amalga oshiradigan flagman oliy o‘quv yurtiga aylantirishdan iborat.

Markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi:

O‘quv, o‘quv-uslubiy va ilmiy tadqiqot sohalari faoliyatini raqamlashtirish, hujjatlar ayirboshlanishini avtomatlashtirish;

Xalqaro va respublika miqyosida e’lon qilinadigan ilmiy loyiha va grantlarda faol ishtirok etish;

yangi texnologiyalarni joriy etish va innovasion AKT mahsulotlarini yaratish maqsadida respublika OTM, moliya va real sektor korxonalari bilan o‘zaro munosabatlarni o‘rnatish;

Universitet professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari tomonidan Scopus/Science Direct/Web of Science/Springer Nature/RINS bazalaridagi jurnallarda ilmiy maqolalar chop etishga ko‘maklashish, yaratilgan intellektual mulk ob’ektlarni rag‘batlantirish;

O‘quv, o‘quv-uslubiy va ilmiy tadqiqotlarni olib borish, ilmiy-amaliy va innovasion loyihalar hamda ishlanmalarni ro‘yobga chiqarilishida iqtisodiyotning barcha sektor korxonalari bilan uzviy aloqalarni o‘rnatish.

Markazning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Scopus/Science Direct/Web of Science/Springer Nature/RINS bazalaridagi jurnallarda ilmiy maqolalarni chop etish bo‘yicha seminar-treninglarni tashkil etish;

Xalqaro grantlar va DITD doirasida ilmiy loyihalarda ishtirok etish. Professor-o‘qituvchilar va ilmiy izlanuvchilar uchun bu borada seminar-trening va maslahatlar berish tizimini yo‘lga qo‘yish;

Universitetning rasmiy saytini zamonaviy talablar bo‘yicha qayta ishlab chiqish, saytni Webometrics reytingida o‘rnini ko‘tarishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;

QS/THE/ARWU xalqaro reyting agentliklari bilan yaqindan ishlash va universitetni kelajakda kuchli 1000 talik ro‘yxatidan joy olishini ta’minlash bo‘yicha tizimli tadbirlarni amalga oshirish;

Ommaviy ochiq onlayn-kursni (MOOK –  Массовый открытый онлайн-курс) yaratish va uni global tarmoqqa joylashtirish. O‘quv rejasida belgilangan zamonaviy fanlarning video va audio ma’ruzalarini tayyorlash;

Dunyoning nufuzli professor-o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilari va rahbar xodimlarning dars mashg‘ulotlari, mahorat darslarini, hamkorlikda seminar-treninglar, yozgi maktablarni tashkil etish;

Professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilarning nufuzli xorijiy jurnallarda chop etgan ilmiy maqolalariga Xirsh (h-indeks) indeksini oshirish bo‘yicha choralarni izlash;

ilmiy-innovasion loyihalar uchun biznes-rejalar tuzish, salohiyatli investorlarni izlash, xorijiy professor-o‘qituvchilar, yetuk iqtisodchi olimlar bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, maslahat xizmatlarini ko‘rsatish;

o‘quv, ilmiy-innovasion va dasturiy mahsulotlar sohasida ilmiy izlanishlarni olib borish, mazkur yo‘nalishlarda fundamental, amaliy, innovasion loyihalarni amalga oshirish;

“Universitet 3.0” modeli bo‘yicha ishlarni tashkil etish, ilmiy-innovasion, o‘quv-uslubiy va jarayonlarni raqamlashtirishga xizmat qiladigan dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish bo‘yicha jahonning yetakchi kompaniya va universitetlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, sohadagi ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, stajirovka va malaka oshirish kurslarini tashkil etish.

xalqaro tashkilotlar ekspertlari, xorijiy mamlakatlarning OTM professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda ilmiy grantlarda ishtirok etish, ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik, pudrat ishlarini bajarish, xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni amalga oshirish.